Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ginness rekordlari kitobiga kirgan iftorlik

A A A
Ginness rekordlari kitobiga kirgan iftorlik

Dunyodagi eng katta ko‘lamli iftorlik Dubayda tashkil qilindi, u Ginness rekordlari kitobiga kiritildi, deb yozadi «Daryo».

Og‘iz ochish uchun tayyorlangan noz-ne’matlar 6 kilometr uzunlikdagi dasturxonga tortildi.

Aksiyani mahalliy polisiyachilar uyushtirdi, ular Hindiston, Shri-Lanka va boshqa Osiyo davlatlaridan kelgan ishchilarga ovqat berishga qaror qilgan. Iftorlikka qariyb 13 ming kishi yig‘ildi.

Tadbirga tayyorgarlik 200 soat davom etdi. Iftorlik uchun 500 ko‘ngilli mehnat qildi. Yeguliklarni 35 ta restoran tayyorladi.

Kiritildi: 09:48 11.06.2018. O'qildi: 2393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik