Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Germaniyadagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi

Germaniyadagi kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi

Germaniyaning g‘arbiy qismidagi "Chempark" kimyo zavodida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda lenta.ru kimyoviy va farmasevtika kompaniyasi operatori "Currenta" vakili Matias Shaytxauerga asoslanib xabar bermoqda.

Hodisa Leverkuzen shahrida sodir bo‘lgan. Internetda tarqalgan lavhalarda zavod binosida kuchli yong‘in va qalin qora tutun aks etgan.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda o‘t o‘chiruvchilar portlash sodir bo‘lgan joyda ish olib bormoqda. Mutasaddilar zavod yaqinidagi hududlarning aholisidan deraza va eshiklarni yopib qo‘yish so‘ragan.

Ayni paytda tezkor guruh voqea sabablarini aniqlamoqda. Hozircha jabrlangan va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 16:50 27.07.2021. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!