Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Germaniyadagi aeroportda Boeing 787 samolyotining shassisi sinib ketdi

 Germaniyadagi aeroportda Boeing 787 samolyotining shassisi sinib ketdi

Bugun, 4 iyun kuni Germaniyaning Frankfurt aeroportida Boeing 787 Dreamliner samolyoti yo‘lovchilarni tushirish joyiga yetib borganidan so‘ng uning old shassisi sinib ketdi. Oqibatda bir necha kishi jabrlandi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kunduzi Frankfurt aeroportida reys yakunlanganidan keyin sodir bo‘lgan. Boeing 787 Dreamliner yo‘lovchilarni tushirish joyida turgan bo‘lgan, o‘sha paytda to‘satdan uning old shassisi ishdan chiqqan. Buni oqibatida samolyotning burun qismi keskin pastga tushib ketgan, uchuvchilar kabinasi esa yerga urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi jiddiy shikastlangan.

Kiritildi: 22:54 04.06.2026. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!