Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada YTHlar oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatlari rekord darajada kamayib ketgani ma’lum qilindi

Avto / Xorij A A A
Germaniyada YTHlar oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatlari rekord darajada kamayib ketgani ma’lum qilindi

Germaniyada pandemiya davrida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisalari soni rekord darajada kamayib ketdi. Bu haqda Federal statistika idorasiga tayanib, Motor nashri xabar berdi. 60 yildan buyon yuritilayotgan statistikada hali biror marta ushbu ko‘rsatkich bu qadar past bo‘lmagan: 2020 yilda mamlakat yo‘llarida 2724 kishi halok bo‘lgan, bu 2019 yilga nisbatan 10,6 foizga kam demak.

Idora vakillarining ta’kidlashicha, Germaniyadagi transport vositalari oqimi koronavirus tarqalishni boshlagan va lokdaun vaqtida sezilarli darajada kamaygan. Yo‘l-transport hodisalarining o‘zi umumiy hisobda 15,8 foizga, ya’ni 2,3 milliongacha kamaygan, avariya oqibatida jabrlanganlar soni esa 14,7 foizga — 328 minggacha qisqargan. Biroq bu vaqtinchalik effekt hisoblanadi: cheklovlar bekor qilingach, yo‘llardagi harakat tiklanishi bilan ko‘rsatkichlar yana orta boshlaydi.

YTHlar oqibatida eng kam jabrlanganlar soni mart, noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri keladi — ushbu oylarda Germaniyada qattiq karantin cheklovlari amalda bo‘lgan: mamlakat aholisiga alohida sababsiz uydan chiqish taqiqlangan edi. Shu bilan birga, yozda ko‘rsatkichlar koronavirusdan oldingi darajaga qaytgan.

2020 yilda oshgan yagona statistik ko‘rsatkich — mamlakat yo‘llarida elektromotorli velosiped egalarining halok bo‘lgani sonida o‘sish kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2019 yil bilan taqqoslaganda 20 foizga ortib, 137 kishini tashkil etgan.

Kiritildi: 12:41 01.03.2021. O'qildi: 1786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!