Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniyada yangi mudofaa vaziri tayinlandi

Germaniyada yangi mudofaa vaziri tayinlandi

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatning yangi mudofaa vaziri Boris Pistorius bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbari Twitter’da yozdi.

«U tajribasi, malakasi va qat’iyatliligi, shuningdek, katta yuragi tufayli burilish davrida Bundesverga eng kerakli odamdir», deb yozdi kansler.

Pistorius Germaniya Sosial-demokratik partiyasining a’zosi, so‘nggi o‘n yil davomida u Quyi Saksoniya federal hududining Ichki ishlar va sport vazirligini boshqargan. Bungacha siyosatchi Osnabryuk meri bo‘lgan (2006 yildan 2013 yilgacha).

Sobiq mudofaa vaziri Kristina Lambrext bir kun avval, 16 yanvar kuni rasman iste’foga chiqdi. U Ukrainaga harbiy yordam berilmagani, armiya islohotining kechikishi va Germaniya omborlarida o‘q-dorilar yo‘qligi uchun tanqid qilingan edi.

Kiritildi: 20:37 17.01.2023. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!