Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniyada Xitoyning Temu onlayn-savdo platformasiga qarshi maxsus tekshiruv o‘tkaziladi

Germaniyada Xitoyning Temu onlayn-savdo platformasiga qarshi maxsus tekshiruv o‘tkaziladi

Bu haqda DW xabar bermoqda.

Germaniya Federal raqobatni nazorat qilish idorasi kompaniyani “Germaniya bozorida sotuvchilarga narx belgilash borasida bajarish qiyin bo‘lgan talablar qo‘ygan bo‘lishi mumkin” deya gumon qilmoqda. Shu sababli maxsus tekshiruv o‘tkaziladi.

Xitoyda tashkil etilgan Temu onlayn-riteyleri xaridorlarni nihoyatda arzon takliflar bilan jalb qilmoqda va Yevropa Ittifoqi davlatlarida ham mashhur hisoblanadi. Yevropada Temu'dan har oyda 100 milliondan ortiq inson foydalanadi. Taxminan bir yil avval platforma Germaniyadan bo‘lgan sotuvchilar uchun ham ochilgan edi.

Shu bilan birga, Bryusselda Temu'ga nisbatan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va onlayn-platformalar uchun Yevropa Ittifoqi qonunlarini buzganlik ehtimoli bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:25 08.10.2025. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!