Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada "koronavirus konsertlari" o‘tkazildi

Germaniyada "koronavirus konsertlari" o‘tkazildi

Galle-Vittenberg universiteti olimlari COVID-19 tarqalishini o‘rganish doirasida Leypsigda nemis pop qo‘shiqchisi Tim Benjkoning mingdan ortiq tomoshabinlar ishtirokida konsertini tashkil qildi, deb xabar beradi WDR nemis telekanali.

Hisobotga ko‘ra, Benjko shanba kuni Leypsigda uchta konsert o‘tkazgan. Konsertlarda turli xil holatlar yaratilgan, masalan, konsertlarning birida tomoshabinlar masofani ushlab turishgan, boshqalarida esa ular bunday qilishmagan.

1400 dan ortiq tomoshabin o‘zlarining harakatlarini kuzatib borish uchun maxsus sensorlar kiyishdi. Bundan tashqari, ularga dezinfeksiya vositalari berildi, ular yordamida olimlar kerakli narsalarni aniqlashlari mumkin yedi. Shuningdek, ular havoda virus yuqtiradigan zarrachalar tarqalishini kuzatdilar.

"Bu doimgidek an’anaviy konsert emas, shunchaki bizga kerakli ma’lumotlarni aniqlashga yordam beradigan maxsus konsert edi", dedi tadqiqot rahbari Stefan Moris.

Teleradiokompaniyaning ta’kidlashicha, tadqiqotning barcha ishtirokchilari oldindan COVID-19 sinovidan o‘tganlar, zalda ular niqobdan foydalanishgan.

Ushbu tadqiqotning bir qismi sifatida olimlar yopiq ommaviy hodisadan keyin koronavirus tarqalish xavfini baholash mumkin bo‘lgan matematik modelni ishlab chiqmoqchi. Tadqiqot natijalari kuzda e’lon qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

Kiritildi: 09:16 23.08.2020. O'qildi: 2107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!