Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Germaniyada kecha qancha odam koronavirus qurboni bo‘ldi?

Germaniyada kecha qancha odam koronavirus qurboni bo‘ldi?

Germaniyada kecha koronavirusga chalinganlar soni 4751 ga oshdi va 57298 kishini tashkil etdi, yakshanba kuni 66 kishi kasallikdan halok bo‘ldi, deya xabar beradi Robert Koch instituti dushanba kuni.

Bir kun oldin, institut umumiy 52547 kishi virusga chalingani va 389 nafari vafot etganligi haqida xabar bergan. Vafot etganlarning umumiy soni hozir 455 kishini tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tarkibiga kiruvchi Robert Koch instituti mamlakatda kasallanish darajasi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni olib boradi, ammo uning ma’lumotlari kuniga bir marta e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlaridan farq qiladi. Institut rahbariyati ilgari ma’lumotlardagi tafovutlar haqida xabardorligini bildirgan va buni "vaqtinchalik" kechikish va mintaqaviy bo‘limlarning rasmiy hisobotlarini birlashtirish zarurati bilan izohlagan.

Kiritildi: 10:56 30.03.2020. O'qildi: 2489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!