Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Germaniyada fuqarolik olish rekord darajaga yetdi

Germaniyada fuqarolik olish rekord darajaga yetdi

2024 yilda Germaniya fuqaroligini olgan xorijliklar soni 250 ming nafarga yaqinlashdi. Bu mamlakatda yagona statistika yuritila boshlagan 2000 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

«Welt» nashri yozishicha, ushbu o‘sish Germaniya hukumati tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar natijasi bo‘lib, ular fuqarolik olish jarayonini ancha yengillashtirgan. Xususan, migrantlarga avvalgi fuqaroligini saqlab qolgan holda Germaniya pasportini olish imkoni berilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda fuqarolik olganlar soni 2023 yilga nisbatan 50 ming nafarga ko‘p. Ularning aksariyati Suriya va Turkiyadan kelgan. Ushbu mamlakatlardan kelganlar Germaniyadagi muhojirlar oqimida ustuvor o‘rinni egallayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, mamlakatda 8 yildan kam yashagan muhojirlar sonida katta o‘zgarish kuzatilmagan. Boshqa tomondan, ko‘pgina yangi fuqarolar avvalgi muhojirlik maqomi davomida muqim yashab, ishlagan va integrasiya jarayonlarida faol ishtirok etgan.

Federal ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ma’lumotlar hozircha 16 ta federativ shtatdan 13 tasiga taalluqli bo‘lib, umumiy raqamlar yanada ko‘payishi mumkin. Germaniya hukumati qonunchilikni yanada liberallashtirishni ko‘zlayotgani bois, yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana oshishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: 16:51 03.06.2025. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!