Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Germaniyada Falastinni tan olish jarayoni samarasiz harakat sifatida baholandi

Germaniyada Falastinni tan olish jarayoni samarasiz harakat sifatida baholandi

Germaniya hukumati hozircha Falastin davlatini tan olishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Berlinning fikricha, bu qadam Isroil bilan muzokaralar orqali «ikki davlat yechimi»ga erishish bo‘yicha har qanday sa’y-harakatlarni zaiflashtirishi mumkin.

Report xabar berishicha, bu haqda Reuters agentligi Germaniya hukumatining rasmiy vakili bayonotiga tayanib yozgan.

«Muzokaralar orqali ikki davlat yechimiga kelish bizning asosiy maqsadimiz bo‘lib qolmoqda, garchi bugunga kelib unga yetishish hali ancha uzoqdek tuyulsa-da. Falastinni tan olish jarayoni ehtimol bu jarayonning oxirida amalga oshiriladi. Ammo bugun bunday qadam tashlash aksincha samarasiz bo‘ladi», — deya ta’kidladi ismi ochiqlanmagan rasmiy matbuot anjumanida.

Kiritildi: 18:22 22.08.2025. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!