Bemor yoshga bog‘liq makulyar degenerasiyadan aziyat chekadi. Ushbu kasallik tufayli ayol odatdagidek o‘qish, yozish va odamlarning yuzlarini tanish imkoniyatini yo‘qotgan.
O‘lchami 2×2 millimetr bo‘lgan mikrochip to‘r pardaning yorug‘likni sezuvchi hujayralari nobud bo‘lgan qismi ostiga o‘rnatilgan. Maxsus ko‘zoynaklar yordamida qurilma atrofdagi muhit tasvirini qabul qiladi va miyaga signallar uzatadi.
Endi 80 yoshli bemorni tiklanish jarayoni va yangi texnologiyadan foydalanishni o‘rganish bosqichi kutmoqda.
Avvallari mazkur kasallik davolab bo‘lmaydigan xastaliklardan biri hisoblangan. U ko‘rish qobiliyatining jiddiy buzilishiga olib keluvchi asosiy sabablar qatoriga kiradi. Nemis oftalmologlarining baholashicha, Germaniyada taxminan 7 million kishi ushbu kasallikdan aziyat chekadi, ularning qariyb 480 ming nafarida xastalik kechki bosqichga yetgan.
Texnologiya xalqaro olimlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Klinik sinovlar mikrochip o‘rnatilganidan bir yil o‘tgach, bemorlarda ko‘rish o‘tkirligi sezilarli darajada yaxshilanganini ko‘rsatgan.
Lyubekdagi operasiya texnologiya Yevropada tasdiqlanganidan bir necha hafta o‘tib amalga oshirilgan.