Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Germaniyada 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Germaniyada 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Germaniyaning g‘arbiy qismida 70 dan ortiq odam toshqin qurboniga aylandi. Shimoliy Reyn-Vestfaliyada yana to‘rtta jasad topildi. Reynland-Pfalsdagi achinarli statistika o‘nta o‘lim bilan ko‘paygan. Avvalroq mahalliy hokimiyat 19 kishi cho‘kib ketgani haqida xabar bergandi.

Germaniya Federativ Respublikasining g‘arbiy hududlaridagi toshqin Germaniya, Belgiya va Fransiyadagi kabi kuchli va uzoq muddatli yomg‘irlarning natijasi edi. Belgiyaning yarmi suv ostida qoldi, u yerda qurbonlar ham bor. Germaniyada Reynland-Pfals va Shimoliy Reyn-Vestfaliya eng ko‘p zarar ko‘rdi, deb yozadi "Interfaks". Bu yerda favqulodda holat e’lon qilingan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkelga fuqarolarning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Papa Frensisk qurbonlar va Germaniyaning g‘arbiy qismida yomon ob-havo ta’sir qilganlarning barchasi uchun ibodat qilmoqda. U Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga telegramma yubordi.

Kiritildi: 04:10 16.07.2021. O'qildi: 2440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!