Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi dori yuboradi

Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi dori yuboradi

Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinasiyalangan preparatini yuboradi. Bu preparat koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yuqori samaraga ega.

Toshkentga bugun soat 21:00da keladigan yukning umumiy qiymati 20,6 mln yevroni tashkil qiladi.

Casirivimab/Imdevimab («Roche» Shveysariyaning farmasevtika kompaniyasidan) — COVID-19ga qarshilikni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan sun’iy "antitanachalar kokteyli". Hozirgi vaqtda preparat ularning hali ham yangi shtammlarga chidamli yagona kombinasiyasi hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lish darajasini 70%ga kamaytirdi, shuningdek kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirdi.

Kiritildi: 10:14 02.09.2021. O'qildi: 2441 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!