Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Germaniya Ukrainaga NATO a’zoligi uchun "aniq qadamlar" taklif qiladi

Germaniya Ukrainaga NATO a’zoligi uchun "aniq qadamlar" taklif qiladi

Ramshteyndagi (Germaniya) mudofaa bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida Ukraina vakillariga Kiyevning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishiga qaratilgan "aniq qadamlar" taklif etiladi.

Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Ukraina yana Vladimir Zelenskiyning "g‘alaba rejasi"ni taqdim eta oladi.

Anonim diplomat jurnalistlarga Germaniyadagi uchrashuvda Ukrainaga kelajakda NATO a’zoligi uchun "aniqroq qadamlar" taklif qilinishini aytdi.

Qayd etilishicha, choralar Kiyev rejimi vakillari xohlaganidek, shoshilinch bo‘lmaydi.

Kiritildi: Bugun 10:53. O'qildi: 547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!