Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Germaniya Superkubogi Noyerga tarixiy rekord keltirdi

Germaniya Superkubogi Noyerga tarixiy rekord keltirdi

«Bavariya» Germaniya Superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Myunxenliklar darvozasini 40 yoshli Manuel Noyer qo‘riqladi. Bu uning faoliyati davomida qo‘lga kiritgan 36-sovrini bo‘ldi.

Bayern & Germany ma’lumotiga ko‘ra, Noyer sovrinlar soni bo‘yicha «Bavariya»dagi sobiq jamoadoshi Tomas Myullerni ortda qoldirdi. Myuller faoliyati davomida 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shu tariqa Noyer Germaniya futbol tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylandi.

Manuel Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tajribali darvozabon joriy mavsum futbolchilik faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanini tan olgan. Biroq u faoliyatini davom ettirish imkoniyatini butunlay istisno qilmagan.

Kiritildi: 12:25 23.08.2026. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!