Germaniya Mudofaa vazirligi 2022 yildan beri mamlakat qurolli kuchlari uchun ajratilgan 111 milliard yevro qanday sarflanganini tushuntira olmadi.
Bu haqda Berliner Zeitung gazetasi xabar berdi.
27 aprel kuni vazirlikda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalist 2022 yildan beri sotib olingan harbiy texnikaning Bundesver tomonidan qabul qilingan va 2026 yil 1 aprelgacha ishga tushirilgan foizi haqida so‘radi.
Vazirlik vakili Natali Jenning aniq raqamlarni keltira olmadi va bunday buxgalteriya jadvallarini yuritishni byurokratik vaqtni behuda sarflash deb atadi.
Bundestag a’zosi Ditmar Barch hozirgi vaziyatdan noroziligini va Germaniya soliq to‘lovchilarining mablag‘lari "yo‘qolib ketishi" mumkinligidan xavotir bildirdi.
Nashr eslatishicha, 2022 yilda Germaniyaning sobiq kansleri Olaf Shols mamlakat qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun 100 milliard yevrolik maxsus jamg‘arma tashkil etilganini e’lon qilgan edi.