Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya kontrrazvedkasi boshlig‘i iste’foga chiqarildi

Germaniya kontrrazvedkasi boshlig‘i iste’foga chiqarildi

GFR kontrrazvedkasi boshlig‘i Gans-Georg Maasen Xemnisdagi vaziyat borasida bahsli bayonotlar bergani sababli lavozimidan ozod qilindi, deyiladi Germaniya hukumati matbuot xizmati bayonotida.

Avvalroq Maasen BILD gazetasiga bergan intervyusida uning idorasi Xemnis shahridagi o‘ng radikallar namoyishlari davomida xorijliklar ta’qib qilingani haqida dalillarga ega emasligini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "internetda tarqalgan videoda shunday holat tasvirlangani bo‘yicha dalillar yo‘q". U mazkur bayonoti uchun keskin tanqidga uchradi, Germaniya SDP rahbariyati esa Merkeldan Maasenni iste’foga chiqarishni talab qildi.

26 avgust kuni Germaniya janubi-sharqidagi Xemnis shahrida sodir bo‘lgan mushtlashuvda 35 yoshli nemis Daniel Xillig halok bo‘ldi. Qotillikda gumon qilinib 23 yoshli suriyalik va 22 yoshli iroqlik shaxs hibsga olindi. Shundan so‘ng shaharda tartibsizliklar boshlandi.

Keyinroq Xemnis shahri markazida migrantlarga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyish qatnashchilari shahar bo‘ylab yurish qilishdi. Internetda tarqalgan videolarda radikallar raqiblariga shisha va petardalar uloqtirishgani, "Germaniya nemislar uchun" deya qichqirishgani aks etgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 01:00 19.09.2018. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!