Bundesverning 15 nafar harbiy xizmatchisidan iborat guruhi yakshanba, 18 yanvar kuni Grenlandiyani tark etdi — bu Donald Tramp Germaniyani hududiy nizoda Daniyani qo‘llab-quvvatlagani uchun unga qarshi boj joriy etish bilan tahdid qilganidan keyingi kuni sodir bo‘ldi. Harbiylarning ketgani haqida bundesver operativ qo‘mondonligi vakili xabar berdi.
Ular 16 yanvar kuni Daniya iltimosiga ko‘ra Arktikada NATO mashqlarini o‘tkazish sharoitlarini baholash uchun yuborilgan edi.
17 yanvar kuni Donald Tramp qo‘shimcha 10% bojlar joriy etganidan so‘ng, 18 yanvar kuni harbiylar orolni tark etdi.
“Razvedka missiyasi natija berdi, barcha mamnun, hozir Germaniyada uni baholash jarayoni ketmoqda”, — dedi u.
Harbiy missiya muddatidan oldin uzilganini rad etdi: “Razvedka rejaga muvofiq yakunlandi”, — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, nemis harbiylari Reykyavikka uchib ketgan, u yerdan Kopenhagenga yo‘l oladi.