Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya yetakchisi Ukrainadagi urush yillar davom etishi mumkinligini aytdi

Germaniya yetakchisi Ukrainadagi urush yillar davom etishi mumkinligini aytdi

Germaniya kansleri Fridrix Mersning fikricha, Ukrainadagi mojaroni tezda hal qilishning iloji yo‘q, vaziyatni hal qilish jarayoni uzoq vaqt talab qilishi mumkin.

"Bizda hech qanday illyuziya yo‘q: tezkor yechim mavjud emas," - dedi Mers Vilnyusda Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan qo‘shma matbuot anjumanida. "Bu jarayon endigina boshlandi va ko‘p haftalar, balki oylar davom etishi mumkin," - deya qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, GFR kansleri AQSh hukumati muzokaralar yo‘li bilan yechim topishga urinishlardan manfaatdor emasligi haqidagi fikrni rad etdi.

Evropaliklar, uning so‘zlariga ko‘ra, tinch yo‘l bilan hal qilish AQSh manfaatlariga ham javob berishiga amin. "Men Amerika hukumati, jumladan, AQSh Kongressi bilan munozaralarimda aynan shuni uqtirishga harakat qilyapman. Va menda shunday hissiyot borki, Amerika hukumati va Kongressining katta qismi buni aynan shunday ko‘rmoqda," - deya ta’kidladi Mers.

Kiritildi: 17:56 22.05.2025. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!