Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Germaniya 15 iyungacha chegaralarni to‘liq ochmoqchi 

Germaniya 15 iyungacha chegaralarni to‘liq ochmoqchi 

Germaniya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan qo‘shni davlatlar bilan chegaralarini 15 iyungacha ochish va nazoratdan butkul voz kechishni rejalashtirmoqda.

Nashrning xabariga ko‘ra, hukumat o‘z rejalari to‘g‘risida kelasi haftada rasman ma’lum qiladi. Nazorat o‘rniga oddiy tekshiruvni joriy etish ko‘zda tutilmoqda. 

Germaniya kansleri Angela Merkel Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Avstriya kansleri Sebastyan Kurs bilan chegaralarni ochish masalasini muhokama qildi. 

Merkel vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Parij chegaradagi odatiy rejimga qaytishga hozircha tayyor emasligini, ammo iyun o‘rtalariga kelib ilgarigi tartibni tiklashni mo‘ljallayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya 16 martdan Avstriya, Daniya, Lyuksemburg, Fransiya va Shveysariya bilan, keyinroq Belgiya, Niderlandiya, Polsha va Chexiya bilan chegaralarini yopgandi.

Kiritildi: 09:22 13.05.2020. O'qildi: 2399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!