Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Genetik merosxo‘rlik. Bu haqda nimalarni bilasiz?

Genetik merosxo‘rlik. Bu haqda nimalarni bilasiz?

Oilangiz a’zolaridan birining burni tugmachalimi? Opangiz yorqin quyosh nurida aksiradimi? Avlodlaringiz davomida qizil yoki sariq sochli kishi bo‘lmagan bo‘lsa, chaqalog‘ingiz qayerdan sariq, jingalak sochlarni oldi? Bu savollar oddiy bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo javob topish murakkab. Nima uchun?

Negaki, genetika fani hali juda yosh. Sizda bo‘lgan har bir xususiyat qayerdan kelib chiqqanligini aniqlash deyarli mumkin emas. Odamlar o‘zining ko‘p xususiyatlarini farzandlariga meros sifatida o‘tadi deb o‘ylashadi, lekin aslida bunday emas. Turli xil genlarning ta’siri orqali ularning ba’zilarigina ota yoki onadan meros tariqasida o‘tadi.

Qanday qilib xususiyatlar meros bo‘la oladi?

Ota-onadan xususiyatlarni meros qilib olishning uchta asosiy turi mavjud. Birinchisi, ustun (dominant) gen orqali. Masalan, ko‘zlar rangini olaylik. Agar ota-onangizdan birortasi qorako‘z bo‘lsa, siz ham qorako‘z bo‘lasiz, chunki bu dominant xususiyatdir. Ikkinchisi resessiv gen – bu  xususiyatga ega bo‘lish uchun otada ham, onada ham ushbu gen bo‘lishi shart. Masalan, sizning ko‘zlaringiz ko‘kimtir bo‘lsa, garchi ularning ko‘z rangi boshqacha bo‘lsa ham, ular ko‘k ko‘zlar genini olgan bo‘lishadi. Va nihoyat, X xromosomasiga uchraydigan va bolaga faqat onadan o‘tadigan xususiyatlar mavjud.

Vazn yo‘qotish qobiliyati

Tanangizda ikki xil yog‘ mavjud: “yaxshi” qoramtir yog‘ - u sizning metabolizmingizni oshiradi, vaznni sog‘lom saqlashga yordam beradi. “Yomon” oq yog‘ - u juda ko‘p bo‘lsa, semirish va kasalliklarga olib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, har bir inson bu yog‘larning har bir turiga ega, bu nisbat onangizdan, oq yog‘ingiz esa otangizdan meros bo‘lib qolishi mumkin. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, a’zolaringiz atrofida to‘planadigan yog‘ miqdori qisman otangizdan o‘tgan genlar bilan aniqlanishi mumkin. Vazningiz haqida gap ketganda, genetika hal qiluvchi omil emas, bu yerda sizning yashash tarzingiz muhim rol o‘ynaydi.

Diqqat to‘plash qobiliyati

Tadqiqotga ko‘ra, agar onangizda kayfiyat bilan bog‘liq miyadagi kimyoviy serotonin moddasi darajasi past bo‘lsa, unda yosh o‘tgan sari diqqat yetishmasligi sindromi va giperaktivlik rivojlanadi. Serotonin ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi genlar sizning diqqat jamlash qobiliyatingizga ham ta’sir qiladi.

Kayfiyat

Onalar farzandi kayfiyatiga ko‘p jihatdan ta’sir qilishi mumkin. His-tuyg‘uni boshqarib turuvchi va ruhiy tushkunlik kabi kayfiyat buzilishlarida rol o‘ynaydigan miyadagi kortikolimbik tizim deb ataladigan tuzilishning onadan o‘g‘li yoki qiziga yuqishi ehtimoli ko‘proq. Bu qizlar o‘z kayfiyatining hech bo‘lmaganda bir qismini onasidan oladi degani.

Farzandlar jinsi

Shubhasiz, sizdagi va turmush o‘rtog‘ingizdagi genlar farzandlaringizning jinsini belgilaydi. Ammo otangizdan qaysi  bir jins genlari meros qilib olinishi mumkinligini bilasizmi? Bu shunday ishlaydi: ko‘p akalari bo‘lgan erkakdan o‘g‘il tug‘ilishi mumkin, opa-singilli erkaklardan esa qiz.

Xotira

Alsgeymer kasalligi uchun genetik xavf birinchi navbatda onangizga bog‘liq. Bu kasallik keyinchalik demensiya (fikrlash qobiliyatining buzilishi)ning keng tarqalishiga sababchi bo‘ladi. Shu bois, miya sog‘lig‘ini himoya qilish choralarini ko‘rishni boshlash uchun qaysi omillar xavfni oshirishini bilish muhim.

Sochlar

Yosh o‘tgan sari ko‘pgina erkaklarning sochlari to‘kilishini bilamiz. Buning sababi, taxmin qilinganidek, onadan meros bo‘lib o‘tadigan xususiyat. Biroq, 55 mingdan ortiq o‘rganishlar bu uydirma ekanligini isbotladi. Tadqiqotchilar 287 ta mustaqil genetik signallarni topishdi, ularning ko‘pi ota tomon bilan bog‘liqligi, faqat 40 tasi onadan, qolganlari esa ikkala modeldan ham meros bo‘lgan DNK bo‘ylab tarqalib kelinayotganligi aniqlandi.

Xulosa qilib ba’zi xususiyatlar meros bo‘lib, boshqalari esa tarbiya, rivojlanish, tashqi omillarning ma’lum bir odamga ta’siri jarayonida rivojlanishi haqida aytish mumkin.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi

Kiritildi: 04:00 30.11.2020. O'qildi: 2283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!