Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘azodagi odamlar tengi yo‘q do‘zaxda yashashmoqda

G‘azodagi odamlar tengi yo‘q do‘zaxda yashashmoqda

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 276 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar sharqiy G‘azo shahri, Jabaliya, Rafah va Shujayya tumanlariga yirik hujumlar uyushtirdi. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 38153 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Isroil askarlari oxirgi 24 soat ichida bosib olingan G‘arbiy Sohilning turli hududlarida kamida 30 nafar falastinlikni qo‘lga oldi. 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘arbiy Sohilda Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olingan falastinliklar soni 9580 nafarga yetdi.

▪️G‘azo sharqidagi shiddatli bombardimonlar tufayli minglab aholi hududni tark etishga majbur bo‘ldi.

▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: Sharqda va Jabaliyada ishg‘olchilar tomonidan amalga oshirilgan yangi qirg‘inlar tufayli o‘nlab shahid va yaradorlar hamon vayronalar ostida qolmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Rafah va Shujayida bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqdamiz. Ishg‘ol uskunalari yo‘q qilindi.

▪️Hizbulloh Xermon tog‘idagi SAXAL texnik razvedka markazini bombardimon qildi, 60 ta raketa otdi. Harakatga ko‘ra, bu G‘azoda urush boshlanganidan beri eng yirik operasiya hisoblanadi.

▪️“Mag‘rur Fransiya” so‘l partiyasi rahbari: Biz yaqin ikki hafta ichida Falastin davlatini tan olamiz.

▪️BMT maxsus ma’ruzachisi: G‘azodagi odamlar tengi yo‘q do‘zaxda yashashmoqda. G‘azo alohida holat emas. Isroil, umuman olganda, falastinliklar bilan urushayotgandek.

▪️Eron harbiy-dengiz kuchlarining IRIS Sahand (F-74) fregati Fors ko‘rfazi sohillarida joylashgan Bandar Abbos portida chap tomonga yonboshlab qoldi. Rasmiy manbalar hodisaga ta’mir vaqtida kema ichiga suv kirgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:01 08.07.2024. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!