Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘azo uchun boykot qilingan kompaniyalar birin-ketin moliyaviy muammolarga duch kelishmoqda

 G‘azo uchun boykot qilingan kompaniyalar birin-ketin moliyaviy muammolarga duch kelishmoqda

Coca-Cola kompaniyasi kelasi yil davomida Germaniyadagi beshta zavodni yopish va 500 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatish niyatida, kompaniya 1 oktyabr kuni e’lon qildi.

Coca-Cola vakilining so‘zlariga ko‘ra, yopilish va ishdan bo‘shatishdan maqsad qolgan zavodlarda quvvatni optimallashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.

Isroilga qarshi boykot ro‘yxatiga kiritilgan kompaniyalar iste’molchilar tomonidan jiddiy iqtisodiy bosim ostida.

McDonald’s, Starbucks, Burger King, Nike kabi kompaniyalar yo‘qotishlar haqida xabar berishdi. Nestle o‘tgan moliyaviy yil oxirida 10 foizlik yo‘qotish qayd etilganidan keyin bosh direktorini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 13:48. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!