G‘azo sektori polisiyasi rahbari Jamal Abu Kamil Isroil mudofaa kuchlarining G‘azo shahrida uning avtomobiliga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
Bu haqda G‘azo Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Avvalroq mahalliy OAV Isroil armiyasi G‘azo shahridagi avtomobillardan biriga zarba bergani haqida xabar tarqatgan edi. Qayd etilishicha, bu kun davomida amalga oshirilgan shunga o‘xshash ikkinchi zarbadir.