Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘azo bo‘yicha muzokaralar: tez orada tugaydimi?

G‘azo bo‘yicha muzokaralar: tez orada tugaydimi?

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish harakatlari tobora kuchayib bormoqda. Juma kuni XAMAS kelishuv shartlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan taklif bilan chiqdi va Isroil to‘xtab qolgan muzokaralarni qayta boshlashini aytdi.

Payshanba kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Jo Baydenga muzokaralarni davom ettirish uchun delegasiya yuborishini aytdi va isroillik rasmiylardan biri uning jamoasini mamlakat razvedka xizmati rahbari boshqarishini aytdi.

Reyter agentligiga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan Isroil muzokara guruhidagi manba hozir kelishuvga erishish uchun real imkoniyat borligini aytdi.

❔ Isroilning izohlari avvalgilaridan keskin farq qiladi, har safar XAMAS tomonidan ilgari surilgan shartlar «qabul qilib bo‘lmaydigan» deb atalgan.

❕ Muzokara jarayoniga yaqin bo‘lgan Falastin rasmiysining aytishicha, Xamasning so‘nggi taklifi, agar Isroil buni qabul qilsa, ramka kelishuviga olib kelishi mumkin.

💬 «Tomonlarga doimiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa, har ikki tomon ham shunday bo‘lgunga qadar jangovar harakatlar qayta boshlanmasligiga rozi bo‘lishi kerak», dedi rasmiy Reuters agentligiga.

Kiritildi: 21:10 05.07.2024. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!