Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

G‘azo bombalanayotganiga bir yil bo‘ldi: kunning asosiy voqealari

G‘azo bombalanayotganiga bir yil bo‘ldi: kunning asosiy voqealari

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga roppa-rosa bir yil bo‘ldi. Oxirgi 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Dayr al-Balah, Jabaliya lageri va Rafahga hujum qildi. So‘nggi 24 soat ichida isroillik bosqinchi kuchlari G‘azo sektorida oilalarga qarshi uchta ommaviy qotillikni amalga oshirdi, kamida 45 falastinlik halok bo‘ldi va 256 kishi yaralandi.

▪️7 oktyabrdan beri Isroil hujumida halok bo‘lgan falastinliklar soni 41 870 kishiga yetdi, yana 97 16 6 kishi yaralangan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir.

▪️Isroil samolyotlari Dayr al-Balahdagi Al-Aqsa kasalxonasi hududida qurilgan chodirlarni o‘qqa tutdi. Al-Jazira jurnalisti yaralangan.

▪️Bosqinchilar bostirib kirganidan keyin minglab falastinliklar Jabaliya lagerini tark etishmoqda. Bu yerda Rafahdan ko‘chirilgan 162-diviziya joylashgan.

▪️Al-Qassam brigadalari urushdan bir yil o‘tib ozodlik kurashini davom ettirmoqda. Jabaliya lageridagi bosqinchilar yo‘q qilindi.

▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Baytlahm, Al-Xalil va Qalkiliyaga bostirib kirdi. Bir keksa falastinlik bosqinchilar uyiga bostirib kirib, uni kaltaklaganidan keyin vafot etdi.

▪️Hizbulloh Hayfadagi Karmel harbiy bazasi va Tiberiyadagi Nimra bazalariga raketalar uchirdi. 10 bosqinchi yaralangan.

▪️Livanda Isroil samolyotlarining tungi bombardimonlari natijasida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi yaralandi.

▪️Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy: Al-Aqsa to‘fon operasiyasi Isroilni 70 yil orqaga qaytardi.

Kiritildi: Bugun 16:48. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!