Gavayi orolidagi mashhur Hōlei Sea Arch Tinch okeaniga qulab tushdi. Balandligi 27 metr bo‘lgan ushbu tosh arka «Gavayi vulqonlari» milliy bog‘ida joylashgan va orolning eng mashhur fotosuratga tushiladigan joylaridan biri edi.
📅 Arkaning qulagan aniq vaqti noma’lum. 23 sentyabrda u hali turgan, 27 sentyabr kechqurun esa allaqachon yo‘qolgan. Taxminlarga ko‘ra, orolga kuchli yomg‘ir va baland to‘lqinlar olib kelgan Nolo tropik bo‘roni uning butunlay qulashini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin.
Arkaning yo‘qolishi, aslida, kutilmagan hodisa emas edi. Sohil qoyalari yillar davomida to‘lqin va shamol ta’sirida yemirilib kelgan. 2018 yildagi Kilauea vulqoni otilishi paytidagi zilzilalar esa sohilni yanada zaiflashtirgan.
⚠️ Hatto 2020 yildayoq qoyalardagi yoriqlar va beqarorlik sababli eski kuzatuv maydonchasi yopilgan edi. Hozir milliy bog‘ ma’muriyati sayyohlarni qulash joyiga yaqinlashmaslikka chaqirmoqda — qoyalar hali ham beqaror va ogohlantirishsiz qulashi mumkin.
🌋 Arkaning o‘zi taxminan 550 yil avval qadimgi lava oqimining yemirilishi natijasida paydo bo‘lgan.
Milliy park xizmati ta’kidlashicha, bunday tabiiy shakllar abadiy emas: ayrimlari yo‘qoladi, boshqalari esa vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rnida paydo bo‘ladi.