AQSh Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish departamenti Garvard universitetiga ajratilgan bir necha ko‘p yillik grantlarni moliyalashtirishni to‘xtatdi, deya xabar beradi Kazinform.
Bu haqda AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda (X) e’lon qilingan xabarda ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, grantlarning umumiy miqdori taxminan 60 million dollarni tashkil etgan.
Aprel oyi o‘rtalarida AQSh Ta’lim vazirligi Garvard universitetiga federal grantlar berishni to‘xtatishini e’lon qildi. Bunga universitet tomonidan vazirlik talablarini bajarishdan bosh tortgani, jumladan, “talabalar va xodimlarning fikrlari”ni o‘rganish uchun audit o‘tkazish talabi sabab bo‘lgan.
Keyin Donald Tramp Garvardni maxsus soliq maqomi va chet ellik talabalarni qabul qilish imkoniyatidan mahrum qilish bilan tahdid qildi.
Universitet moliyalashtirishni tiklashni talab qilib, prezident ma’muriyatini sudga berdi.