Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Garvard universiteti talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan “sehrli gaplar”

A A A
Garvard universiteti talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan “sehrli gaplar”

AQShdagi dunyoga mashhur va eng keksa universitetlardan biri Garvardda talabalarni ruhlantrish maqsadadida quyidagi gaplar tez-tez takrorlanadi.

- Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.

- Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi, deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.

- O‘qish azobi vaqtinchalik. Bilmaslik azobi abadiy.

- O‘qish bu vaqt sarflash emas. O‘qish harakat qilish.

- Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?

- Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.

- Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.

- Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.

- Vaqt uchadi. Hozirgi so‘laging ertaga ko‘z yoshi bo‘ladi.

- Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

- Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.

- Sening topadigan puling olgan biliming darajasiga proporsional.

- Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.

- Hozir hattoki dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.

- Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.

Everyday.uz

Kiritildi: 16:02 26.12.2018. O'qildi: 4616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!