Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘arbiy Sohilda hibsga olingan falastinliklar soni 9580 nafarga yetdi

G‘arbiy Sohilda hibsga olingan falastinliklar soni 9580 nafarga yetdi

Isroil askarlari oxirgi 24 soat ichida bosib olingan G‘arbiy Sohilning turli hududlarida kamida 30 nafar falastinlikni qo‘lga oldi.

Bu haqda Falastin asirlari jamiyati va Falastin ozodlik tashkilotining mahbuslar ishlari bo‘yicha qo‘mitasining qo‘shma hisobotida aytiladi.

Hibsga olinganlar orasida sobiq mahbuslar va bolalar ham bor.

Bosqinlar Ramallah, Jenin, Qalqilya, Baytullohim, Nablus, Al-Xalil va Tubas kabi shaharlarda o‘tkazildi.

2023 yil 7-oktabrdan buyon G‘arbiy Sohilda Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olingan falastinliklar soni 9580 nafarga yetdi.

O‘tgan yilning 7 oktabr kuni G‘azo sektoriga ommaviy hujumlar uyushtirilganidan so‘ng, reydlar, hibsga olishlar va hujumlar soni ortishi bilan Isroil bosib olingan hududlar aholisiga bosimni oshirdi.

2023 yil 7-oktabrdan beri 571 nafar falastinlik Falastin yerlarini bosib olgan Isroil harbiylari va noqonuniy yahudiy falastinliklar qurboniga aylandi.

Kiritildi: 16:34 08.07.2024. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!