Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

G‘arb Ukrainaga samolyot va tanklar bermaslikka kelishib oldi - Makron

G‘arb Ukrainaga samolyot va tanklar bermaslikka kelishib oldi - Makron

Makron G‘arb davlatlari Ukrainaga samolyot va tanklar bermaslikka kelishib olganini aytdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘arb davlatlari Ukrainaga ayrim turdagi qurol-yarog‘lar, xususan, hujum samolyotlari va tanklarni bermaslik bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi. Bu haqda “Ukrinform”ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Siz hozir norasmiy kelishuv haqida gapiryapsiz, ammo bu NATO bo‘yicha hamkorlarning deyarli rasmiy pozisiyasi. Biz Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam beryapmiz, lekin Rossiya bilan urushmoqchi emasmiz”, - degan Makron ukrainalik jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida.

Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev ushbu kelishuvlardan xabardor.

Kecha Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis va Italiya bosh vaziri Mario Dragi Ukrainaga bordi. U yerda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Ukrainaga qurol yetkazib berilayotgani uchun Rossiya barcha davlatlarga, jumladan, AQShga nota yuborgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyevga atalgan qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgan.

Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda”. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyevga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralari muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi, balki salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kiritildi: 05:09 18.06.2022. O'qildi: 5302 marta. Fikrlar soni: 19 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!