Irlandiya G‘arb yetakchilari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Irlandiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tomas Birn Euronews telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz avval ham ayrim yetakchilar va Vladimir Putin o‘rtasidagi aloqalarni saqlab kelganmiz. Bunday muloqot uchun imkoniyat yaratish muhim deb hisoblaymiz”, — dedi diplomat.
Birn bunday muloqot uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan kim muzokarachi bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi va buni “kelajak masalasi” deb atadi.