Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevropada sodir bo‘layotgan voqealar G‘arb globalistlarining siyosat, xavfsizlik va iqtisodiyotdagi tizimli xatolari natijasi ekanligini bildirgan.
“Hamma xato qiladi, boshqalar qatori biz ham ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganmiz. Ammo globalist g‘arbning muammosi shundaki, Sovet Ittifoqi qulab, sovuq urush tugagach, ular o‘zlarini Olimp cho‘qqisida deb his qilishdi.
Ular hamma narsa mumkinligiga va hech qachon xato qilmaydigan yagona kuch ekanliklariga ishondilar, shundan so‘ng xatolarni birin-ketin takrorlay boshladilar”, deb ta’kidlagan Rossiya yetakchisi.