Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«G‘alati voqea». Kreml Babchenko voqeasiga munosabat bildirdi

A A A
«G‘alati voqea». Kreml Babchenko voqeasiga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyevda jurnalist Arkadiy Babchenkoning o‘ldirilishi sahnalashtirilgan bo‘lib chiqqanini «g‘alati voqea» deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, odam tirik ekani yaxshidir.

«Biz izoh bermaymiz. Voqea juda g‘alati. Bu holatda maqsad vositalarni qanchalik oqlashini bilmayman. U tirik ekanidan xursandmiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.

Babchenko o‘ldirilgani haqidagi xabar 29 may oqshomida paydo bo‘ldi. Ertasi kuni UXX jurnalistning tirik ekani, Babchenkoning o‘ldirilishi haqiqiy suiqasd tashkilotchilarini qo‘lga olish maqsadida sahnalashtirilganini e’lon qildi.

manba: kun.uz

Kiritildi: 12:28 31.05.2018. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik