Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Fuqaro lotereyadan juda katta miqdorda pul yutib oldi

Fuqaro lotereyadan juda katta miqdorda pul yutib oldi

Kanada milliy “49dan 6” milliy lotereyasining navbatdagi seriyasini o‘ynagan fuqarolardan biri 5 mln. kanada dollari(qariyb 3,9 mln. AQSh dollari) miqdorida jekpot yutib oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Hozircha yutuq egasining ismi-sharifi ma’lum emas. Lekin ushbu mamlakat milliy lotereyalari qoidalariga ko‘ra, yutuqli chipta egasi nomi yaqin orada e’lon qilinadi. Sababi u yerda g‘olib ismi keng jamoatchilikning muvaffaqiyati sifatida ham e’tirof etib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kanada tarixida eng katta jekpot 2015 yilda qo‘lga kiritilgan. O‘shanda baxtli fuqaro 64 mln. kanada dollari(o‘sha paytda 49,5 mln. AQSh dollari)ga ega bo‘lgandi.

Xs.uz

Kiritildi: 14:11 15.10.2018. O'qildi: 1790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!