Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Fransuz jurnalisti Putinning asl kuchi nimada ekanligini aytdi

Fransuz jurnalisti Putinning asl kuchi nimada ekanligini aytdi

“Le Figaro” fransuz gazetasi jurnalisti Loran Shalar Rossiya Federasiyasini ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha G‘arbga yon bersa ham, mamlakat prezidenti Putinning xalqaro arenada nima sababdan obro‘si balandligini tushintirdi.
"Qalampir.uz"ning yozishicha, RFning xalqaro maydonda yetakchiligini jurnalist Putinning alohida sifatga ega ekanligi bilan bog‘ladi.
Uning fikriga ko‘ra, Rossiya prezidenti geografiya bo‘yicha puxta bilimga ega. Aynan shu sifati uni o‘z pozisiyasida mahkam ushlab, G‘arb mamlakatlari yetakchilari orasida alohida ajratib turadi.
U fikrini tasdiqlovchi quyidagi isbotni keltirib o‘tdi: o‘tgan yili Putin Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachevning musulmon davlati - Indoneziyaga cho‘chqa go‘shti mahsulotining yetkazilganligi to‘g‘risidagi hisobotini hatto eshitib ham o‘tirmay, to‘xtatib qo‘ygan edi.
Shalar Putinni sobiq sovet davrida olgan bilimi va DXQ maktabida o‘qiganligi uchun intellektual jihatdan yuksak darajada boshqalardan ajralib turishini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Loran Shalar o‘z maqolasida Rossiya Federasiyasi yetakchisini malakali strategligini ta’kidlab,  boshqa yetakchilarning geografiyani yaxshi bilmasligi va hatto bu masalada qiziqishi yo‘qligini aytib, bu borada g‘arbliklarni qoralashni ham unutmadi.

Kiritildi: 11:52 07.12.2018. O'qildi: 2524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!