Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Fransiyaning sobiq bosh vaziri firibgarlikda aybdor deb topildi

Fransiyaning sobiq bosh vaziri firibgarlikda aybdor deb topildi

Sud chiqargan hukmda Fiyon o‘z rafiqasining soxta ishga joylashtirilishiga javobgar ekani va bu unga davlat byudjetidan million yevrodan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirishga imkon bergani aytilgan. 

Mahalliy OAVda ta’kidlanishicha, Fiyon ushbu ish bo‘yicha 5 yilga (undan 3 yili shartli) ozodlikdan mahrum etilgan, 375 ming yevro jarimaga tortilgan va unga 10 yil davomida mansabdor lavozimlarni egallash taqiqlangan. Uning rafiqasi 3 yillik shartli qamoq jazosi olgan. Bundan tashqari, sud Fiyonning sobiq yordamchisi Mark Juloni 3 yillik shartli qamoq jazosiga hamda 20 ming yevro jarimaga tortgan. Bundan tashqari, ularning barchasiga byudjetga o‘zlashtirilgan pullarni qaytarish majburiyati qo‘yilgan.

Ayblanuvchilarning advokatlari sud qarorini adolatsiz deb atab, uning ustidan arz qilishlarini aytishgan.

Fiyonga qarshi sud ishi Canard Enchainé hajviy nashri tergov o‘tkazib, uning natijalarini 2017 yil yanvarda e’lon qilgandan keyin ochilgan. Jurnalistlarning aniqlashicha, sobiq bosh vazirning rafiqasi Penelopa Fiyon 15 yil davomida o‘z turmush o‘rtog‘ining parlamentdagi yordamchisi sifatida ro‘yxatda turgan, biroq aslida hech qanday ishni bajarmagan. Ushbu mojaro Fiyonni prezident lavozimiga saylanish imkoniyatidan mahrum qilgan va bu Emmanyuel Makronga davlat rahbari kursisini egallash uchun imkon bergan.

Fransua Fiyon Fransiya bosh vaziri lavozimini Nikolya Sarkozi prezidentligi vaqtida 2007 yildan 2012 yilgacha egallagan. 

Kiritildi: 23:16 29.06.2020. O'qildi: 1625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!