Fransiyada hukumatdagi o‘zgarishlar fonida yuzaga kelgan siyosiy beqarorlik Evropa Ittifoqining zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Politico nashri Yevropa rasmiylariga tayanib xabar berdi.
«Fransiya muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun juda katta davlat, ammo bu cheksiz beqarorlik butun Evrozonani xavf ostiga qo‘yadi,» — dedi ismi oshkor etilmagan diplomat.
Nashrning yana bir manbasi ta’kidlashicha, Evroxudud iqtisodiyoti hatto Fransiyadagi inqirozsiz ham bir qator xavotirli omillarga duch kelmoqda.