Fransiyada maktab o‘quvchilari va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlari davomida 500 nafardan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, Fransiya bo‘ylab o‘tkazilgan yurishlar va namoyishlarda jami 71,5 ming nafar fuqaro ishtirok etgan.
Parij shahrining o‘zida esa namoyish qatnashchilari soni 24,5 ming nafarga yetgan.
«Jami 504 nafar kishi qo‘lga olindi. Shuningdek, 48 nafar polisiya xodimi va jandarm jarohat oldi», — deya xabar bermoqda BFMTV telekanali.