Yakshanba kuni Fransiya parlamentining quyi palatasi – Milliy assambleyaga saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Saylov uchastkalari odatda mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:00da (Toshkent vaqti bilan 11:00) ochiladi va 18:00da (Toshkent vaqti bilan 21:00) yopiladi.
Ba’zi shahar va bo‘limlarda saytning ish vaqti farq qilishi mumkin. Xususan, yirik shaharlarda, jumladan, Parijda fransuzlar 20:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)gacha ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, saylovning birinchi natijalari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda.