Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari natijalari e’lon qilindi

Fransiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari natijalari e’lon qilindi

Fransiyada navbatdan tashqari parlament saylovlari natijalari e’lon qilindi.

Eng yaxshi natijani parlamentdagi 182 o‘ringa ega bo‘lgan so‘l qanot “Yangi xalq fronti” koalisiyasi ko‘rsatdi. Ikkinchi o‘rinda 168 ta mandat bilan Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makronning “Respublika uchun birga” markazchi koalisiyasi, uchinchi o‘rindan Marin Le Pen va Jordan Bardellaning o‘ng qanot “Milliy birlashuv” partiyasi 143 nafar deputatlik mandati bilan joy oldi. Saylovda konservator “Respublikachilar” partiyasi 45 nafar deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi. Qolgan mandatlar mustaqil deputatlar va kichik uyushmalar vakillari o‘rtasida taqsimlandi.

Shunday qilib, hech bir partiya parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kirita olmadi, buning uchun 289 deputatlik mandati kerak edi.

Kiritildi: 09:31 08.07.2024. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!