Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Fransiyada muxlislarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi

A A A
Fransiyada muxlislarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi

Fransiya hukumati 11 iyuldan mamlakatda jamoaviy sport turnirlarini o‘tkazishga ruxsat berdi.

Ushbu qaror pandemiya ehtiyot choralarini bosqichma-bosqich yumshatish doirasida qabul qilindi. Qayd etilishicha, o‘yingohlarga 5 ming nafardan ko‘p bo‘lmagan muxlislarning kiritilishiga ruxsat beriladi. 

Xususan, Fransiya kubogi va Fransiya liga kubogi finali doirasidagi bahslar tomoshabinlar ishtirokida o‘tkaziladi. Fransiya chempionati yangi mavsumi boshlangach, tomoshabinlarning soni muntazam oshirib borilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Fransiya chempionati o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sababli mart oyida to‘xtatilib, «PSJ» chempionligi muddatdan avval e’lon qilingandi.

Kiritildi: 21:53 20.06.2020. O'qildi: 2378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik