Koronavirusning yangi ko‘rinishi Fransiya janubi-g‘arbidagi Bretan hududida aniqlandi. Bu haqda "zamon" xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, uni aniqlan qiyin bo‘lgan: bemorlarda SARS-CoV-2 ning tipik simptomlari kuzatilsa-da, PZR-testlar salbiy natija bergan.
Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Kot-d'Armor deraptamentining Lanyon kommunasi shifoxonasida 8 ta zararlanish holati qayd etilganini xabar qilmoqda. Hozircha mutaxassislar koronavirusning bu ko‘rinishining xavfi yoki uning yuqish tezligi haqida hali aniq xulosaga kelishmadi. Fransiya hukumati holatlar bo‘yicha xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotiga xabar bergan.