EasyJet France xodimlarini ifodalovchi kasaba uyushmalari ish sharoitlarining yomonlashuvi sababli 7 avgustdan 2 sentyabrgacha ish tashlash e’lon qilishdi.
Bu haqda fransuz ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ish tashlash sanasi hali aniqlanmagan.
Shu bilan birga, ishchilar vakillari kompaniya rahbariyati bilan muzokaralarni davom ettirishga va agar EasyJet France rahbariyati rozi bo‘lsa, ish tashlash haqidagi xabarnomani bekor qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.