Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi 28 iyul kuni jamoatchilikka tanishtiriladi, deb xabar berdi Fransiya futbol federasiyasi.
Oldinroq Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi va tomonlar shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olishgani ma’lum bo‘lgandi.
Zidan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi va 1 sentyabrdan o‘z vazifasiga kirishadi. Uning qo‘l ostida Fransiya terma jamoasi 2028 yilgi Yevropa chempionati va 2030 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.