Fransiya Erondagi xavfsizlik vaziyati keskinlashgani munosabati bilan Tehrondagi elchixonasi xodimlarini mamlakatdan evakuasiya qildi.
Ma’lum qilinishicha, evakuasiya xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan. Shu bilan birga, Fransiya hukumati o‘z fuqarolariga ham Eronga safar qilishdan saqlanish yoki zarurat bo‘lmasa mamlakatni tark etish bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi.
Tehrondagi diplomatik vakolatxona faoliyati cheklangan tartibda davom ettirilishi mumkinligi aytilmoqda. Rasmiylar evakuasiyaga mintaqadagi beqaror vaziyat va xavfsizlikka oid tahdidlar sabab bo‘lganini bildirgan.