Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Fransiya: saylovdan keyin uyushtirilgan norozilik namoyishlari tufayli 14 kishi hibsga olindi

Fransiya: saylovdan keyin uyushtirilgan norozilik namoyishlari tufayli 14 kishi hibsga olindi

Fransiyada parlament saylovi uchun ovoz berishning ikkinchi turi yakunlanib, dastlabki natijalar e’lon qilinganidan keyin ko‘chalarda 50 dan ortiq norozilik namoyishlari o‘tkazildi.

Bu haqda Le Monde gazetasi mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ularning aksariyati tinch o‘tgan, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Parijda polisiya tajovuzkor namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi va 14 kishini hibsga oldi. Huquq-tartibot organlarining 13 nafar xodimi yengil tan jarohati oldi.

Bundan tashqari, Nantda polisiyachi molotov kokteyli ta’siridan kuyish jarohatini oldi, uch kishi hibsga olindi. Maqolada aytilishicha, Rennda 25 kishi hibsga olindi, Lionda esa namoyish ishtirokchilari shahar mulkiga zarar yetkazdi, deb xabar beradi report.az.

Kiritildi: 16:52 08.07.2024. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!