Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Fransiya rekord darajadagi qurg‘oqchilikka duch kelmoqda

Fransiya rekord darajadagi qurg‘oqchilikka duch kelmoqda

Fransiyadagi kichik daryolar va soylardagi suv sathi iyul oyi oxirida yilning shu davridagi tarixiy eng past ko‘rsatkichga yetdi.

Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.

Fransiya Biologik xilma-xillik byurosi (OFB) hisobotiga ko‘ra, mamlakat rekord darajadagi qurg‘oqchilikka duch kelmoqda. 1373 ta kichik daryo butunlay qurib qolgan, bu raqam faqat iyul oyida 550 dan ortiqqa oshgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat 2022 yildagi tarixiy qurg‘oqchilikdan (o‘shanda 112 ta kamroq soy qurib qolgan) oshib ketdi.

Mamlakat bo‘ylab jiddiy qurg‘oqchilik qayd etilgan, ammo Vendedan Grand Estgacha bo‘lgan hududlar, shuningdek, Fransiya janubining markaziy qismi eng ko‘p zarar ko‘rgan.

Bu falokatli vaziyatga bu yozda uchta issiqlik to‘lqini, may oyidagi erta issiqlik to‘lqini va doimiy antisiklon tufayli uzoq vaqt yog‘ingarchilik yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 09:40 04.08.2026. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!