"Fransiyaning moliyaviy tergovchilari prezident Emmanuel Makronning rasmiy qarorgohi – Yelisey saroyini tintuv qildi. Tadbir Panteondagi xotira marosimlarini tashkil etish bilan bog‘liq tergov doirasida o‘tkazildi. Tintuvlar Yelisey saroyi bilan oldindan kelishilgan", deyiladi xabarda.
Der Spiegel'ning eslatishicha, 14 aprel kuni moliyaviy tergovchilar birinchi marta ogohlantirishsiz kelganida, ularning prezident saroyiga kirishiga ruxsat berilmagan.
Fransiyaning Libération gazetasiga ko‘ra, Panteondagi xotira marosimlarini 22 yil davomida (2002 yildan 2024 yilgacha) birgina kompaniya tashkil etib kelgan. Har bir tadbir taxminan ikki million yevroga tushgan. Shu sababli moliyaviy tergovchilar bu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.