The Insider nashrining tanishgan "Starboard Maritime Intelligence" servisi ma’lumotlariga ko‘ra, "CMA CGM" kompaniyasining kemalaridan biri Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. "Saigon" yuk kemasi BAAning Jabal-Ali portidan chiqib, hozirda O‘mon qo‘ltig‘ida turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Shri-Lanka tomon yo‘l olmoqda. Ikkinchi kema — "CMA CGM" San Antonio esa hujumga uchragan.
Reuters agentligining kema egasiga tayanib xabar berishicha, 5 may kuni sodir bo‘lgan hujum natijasida kema shikastlangan, ekipajning bir necha a’zosi jarohat olib, evakuasiya qilingan. Ma’lum qilinishicha, zarar ko‘rgan kema hamon Fors qo‘ltig‘ida qolmoqda.
Avvalroq, 3 aprel kuni kompaniyaning Kribi kemasi bo‘g‘ozdan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ushbu uchta kema ham Malta bayrog‘i ostida harakatlanadi.